Umr daftariga tushar chizgilar.
Gullarga burkansa tinchlik maskani,
Yurakni sayr etar ajib sezgilar.
Viqorli tog`larda yaltiragan qor,
Zilol chashmalarda ko`rmish o`zini.
O`qib his qilaman bahoriy ifor,
Bir buyuk shoira she’ri, so`zini.
Sog`inib kutmagan boychechakni kim,
Ilhaq istagandek ma’shuqa yorin.
Balki,qudratini ko`rsatmoq uchun
Sinovga qoldirdi o`zbek ayolin.
Bir kaftin to`ldirib jajji qo`lchalar,
Bir qo`lda sevgidan kuch olgan qalam.
Yillar suronida matonat bilan
Yorug` kunga yetdi vafodor sanam.
Hayotni sevishda hikmat bor qancha,
Tun bo’lmasa agar, nahor bo`lmaydi.
Zulfiya she’ridan aytmasa parcha,
O`zbekning bahori bahor bo`lmaydi.
Taqdir berar goho dilga jafoni,
Chekinmay, sabot-la o`rtanmoq kerak.
Hayotga muhabbat, ishqqa vafoni
Zulfiyaxonimdan o`rganmoq kerak.
Reimov Abbos.
Bahor
Hamma yoqda bahor nafasi, Bulbul bilan oshno tutundim, Siz bilmaysiz mengina asli, Shoira bo’lmoq uchun tug’ildim....
Jon O’zbekistonim!
Tog’laring viqori bo’lak, Qirlaring bahori bo’lak, Sen menga hammadan kerak, Jon O’zbekistonim!...
Yarashaylik
Vafo tomirimda oqayotgan qon, Bevafolik tanangdagi jon, Men senga ishondim sen menga inon, Kel yarashaylik....
Muhabbat fasli
Muhabbat qo’shig’in birga kuylasak, Hamda sevgimizni birga so’ylasak, Hatto bir fikrni, o’yni o’ylasak, Muhabbat degani asli shu erur,...