Bul mobil menyu orni/ testing....


    Men Yoshlikman, shijoatim sig’mas dunyoga!
    "Biz – buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostidagi yoshlar festivali arafasida qoraqalpoq yoshlarining ba’zilari bilan suhbatlashdik. Festival ta’surotlari va bugungi imkoniyatlar haqida suhbatlashib, ularning fikrlari, qarashlari va orzulari bilan qiziqib ko’rdik.

    Baxitli Serdalieva - Qoraqalpoq davlat universiteti Chet tillar fakulteti Ingliz tili filologiyasi talabasi

    Men Yoshlikman, shijoatim sig’mas dunyoga!
    Savol: "Meni sportga yetaklab borgan kishi”, deya kimnidir ayta olasizmi?
    Javob: Ha. Ota-onam meni ko’p to’garaklarga, sport turlariga olip borishgan. Menimcha, har bir ota-ona o’z farzandini qaysi sohada iste’dodi borligini aniqlashi, to’g’ri yo’naltirishi zarur. Shuning uchun ham bolani ota-onasi "yetaklab olib bor”gani yaxshi narsa.

    Savol: Nima uchun kurashasiz?
    Javob: Har bir sport musobaqasidan oldin o’z oldimga maqsad qo’yaman. Shuning uchun sportda ahamiyatlisi - javobgarchilik hissi deb o’ylayman. Shu narsa meni uch bora sportning Taekvan-do turi bo’yicha O’zbekiston chempioni bo’lishimga sabab bo’lgan bo’lsa ajib emas.
    Savol: Sport insonning ma’naviy olamiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
    Javob: Sport ayniqsa, qiz bolalar uchun ahamiyatli. Turlariga qarab sport har xil hususiyatlarni shakllantiradi. Masalan, qizlarga o’z yo’lidan adashmaslikka, irodali, kuchli bo’lishiga yordam beradi. Faqatgina jismoniy emas, balki ma’naviy tomondan ham yetuklikka yetaklaydi.

    Eduard Egamberdiyev Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi, Prezident stipendianti:

    Men Yoshlikman, shijoatim sig’mas dunyoga!
    Obod yurtimizga bayramlar yarashadi, mana qoraqalpoq elida davom etayotgan yoshlar festivali ko’tarinki kayfiyatda davom etmoqda. Bizni o’zimiz ustida yanada yaxshi ishlashga, ilim olishga undamoqda. Yoshlik bu hayotning oltin davri, chunki hayotimizning unutilmas va quvonchli onlariga to’la davr. Sababi, kelajak uchun zarur va eng ahamiyatli ta`lim-tarbiyani mana shu qisqa muddat ichida o’rganamiz, tajriba orttiramiz. Bugungi biz yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Haqiqatdan ham, yoshlikdagi harakatimiz, mehnatimiz vaqti kelib o’zining mevasini bermog’i aniq. Sababi, har qanday harakat natijaga quriladi. Natija esa bizni ko’klarga ko’tarib, olg’a intildiradi.

    Tayrov Qudiyar Xitoyning Huawei Tech.Invest stipendianti g’olibi

    Men Yoshlikman, shijoatim sig’mas dunyoga!
    —Kasb-hunar kollejida o'qib yurgan paytimda, yoshlar festivallarida va televizorlarda stipendiant bo’lgan yoshlarni ko’rib, ularga havas qilardim. Mana tinib-tinchimay bilim olib, kollejni muvaffaqqiyatli tugatib, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialiga davlat granti asosida qabul qilindim. Ozgina izlanishim, mehnatim baholanib, stipendiya egasiga aylandim.

    Meyrambek Nawrizov - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali talabasi,

    Men Yoshlikman, shijoatim sig’mas dunyoga!
    U-shu sport turi bo’yicha O'zbekiston va Qoraqalpog’iston chempioni.

    Savol: Sportda eng muhimi nima?
    Javob: Sportda eng muhimi-o’ziga bo’lgan ishonch. Mamlakatimizning bayrog’ini yuqori ko’tarishni ham niyat qilib, sport bilan shug’ullanish kerak. Sababi, bizlarga mamlakatimiz shunday imkoniyatlarni yaratib bermoqda, uni oqlashga burchlimiz. Shaxsiy manfaatni ham, yurt manfaatini ham barabar o’ringa qo’yish joiz, menimcha. Lekin, salomatlikni asrash sportda eng muhimi.

    Ibragimova Go’zal - "Kamolot” stipendianti, yosh shoira

    Men Yoshlikman, shijoatim sig’mas dunyoga!
    —Biz yoshlarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik, yaratib berilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlarga javoban, avvalo yaxshi o’qishimiz, yetuk mutaxassis bo’lib yetishishimiz, egallagan bilim va malakamizni Vatanimiz taraqqiyoti yo’liga baxshida etishimiz kerak. Darhaqiqat, ilim va tafakkur odamlar qalbiga nur, ongiga shuur olib kiradigan, dunyoqarashini kengaytiradigan, ezgu ishlarga chorlaydigan mo’jizadir. Men buni "Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” yoshlar festivali davomida o’z tanamda his qilib turibman.

    Abubakir Uzaqbaev- Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi, akademik eshkak eshish sport turi bo’yicha Azia chempioni

    Men Yoshlikman, shijoatim sig’mas dunyoga!
    Savol: Yutuqlaringiz xronikasi bilan tanishsak?
    Javob: 2009-yil Katta Moskva rigatasida 2 oltin medalni qo’lga kiritgan bo’lsam, 2010-yil Singapur shahrida bo’lib o’tkan Aziya kubogida 1000-2000 metr oralig’ida eshkak eshish musobaqasida ikkinchi o’rinni egalladim. 2011-yil Korea Respublikasida yakka qayiqda eshkak eshish bo’yicha ikkinchi o’rinni, 4 kishilik qayiq bo’yicha musobaqada birinchi o’rinni, 2013-yil Xitoyning Luan shahrida o’tkazilgan musobaqada ikkinchi o’rinni, 2014-yil Moskvada o’tkazilgan sport musobaqasida uchinchi o’rinni, 2015-yil Aziya kubogida ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdim.
    Savol: Yuqori marralarga erishib, muhtaram Prezidentimizning sovg’asini qabul qilgansiz. Sizningcha, siz, umuman qoraqalpog’iston yoshlari qanday qilib katta marralarga erishmoqda.
    Javob: Qoraqalpog’iston sportchilari bardoshliligi, intiluvchanligi bois ko’pgina sport turlari bilan shug’ullanib, jahon minbarlarida yuqori pag’onalarni egallab kelmoqda. Bugungi kunga qadar musobaqalarga tayyorgarlik "Do'stlik” kanalida olib borilar edi. Hozir bu sport turiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Akademik eshkak eshish sportidagi yutuqlarim uchun muhtaram Prezidentimiz bilan uchrashishga, sovg’asini olishga muyassar bo’ldim.

    Yoshlarimiz mamlakatimiz, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to’grisida gapirar ekan, ko’zlarida bugungi kunga shukronalik, kelajakka ishonch hissi ko’rinadi. Biz ularga "Imkoniyatlar mamlakati” - O’zbekistonning bayrog’ini, manfaatini doim ko’klarda ko’tarib yurish imkoniyatini tilaymiz.


    G. O’teniyazova
    B. Kalmuratov.
    www.kamolot.uz sayti uchun maxsus.

    Altin-da'wir bo'limi | 15-may, 2015 jıl
    Bul bet 5310 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!
    +2


    ulyka 12 avgust 2015 13:30

    hawes qilsaq ilayiq jaslar!!

    Etuk va barkamol avlodni rivojlantirishda internet saytlarining o’rni

    Insoniyat xizmatining turli sohalariga axborot texnologiyalarining kirib kelishi rivojlanish jarayoniga o’zining ijoviy ta’sirini o’tkazmoqda. Bugungi kunga kelib axborot texnologiyalari va internet davr nigohini belgilovchi...

    Konstitutsiya - baxtimiz poydevori!

    Har yili konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni nishonlar ekanmiz davlatimiz rahbari o’zlarining bayram tabrigini fuqorolarga yo’llaydi. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mamlakatimizning demokratik davlat va fuqorolik...

Зейин интеллектуал ойыны
   Логикалық сораўлар
    Logikalıq soraw #65
       Juwaplar sani: 6

    Logikalıq soraw #65

    Yapon tilinde "Toģiz"-"Kyu", "Úsh"-"San". Soraw : Yaponlardiñ zamanagòy SMSlerinde 39 sanı qanday mánisti ańlatadı?...

    Logikalıq soraw #64
       Juwaplar sani: 3

    Logikalıq soraw #64

    Men ol dostım menen 16 jasımda tanıstım ha'm sol doslıg'ımız 10 jılg'a sozıldı biraq 10 jıldan son' qısqa waqıt ayralıqta jasadıq. Son' azg'ana mu'ddetten ja'ne...

    Logikalıq soraw #63
       Juwaplar sani: 5

    Logikalıq soraw #63

    Bul kásip iyeleri jumıs waqtında hesh qashan aq reńdegi kiyimlerdi kiymeydi. Siz bul kiyimlerdi jumıs waqtında kiyip ju'riwge biypul bersen'iz de olar bul usınastan bas tartadı. Sebebi bul olar ushın...


 

 Поэзия әлеми
   Поэзиялық қосық қатарлары
  • Бахыт

    Бул дүньяны көрип турса көзлериң,
    Ядта тутсаң нәсиятлы сөзлерин,
    Бул мәканның топырағын излерин,
    Көзлериңе сүртип турсаң ҳәр ўақыт,

      
    13-avgust, 2014 jıl. 4065 ret ko'rildi


  • Qutlıqlaw: Gu’lmirag’a

    Ba’ha’rde ashılg’an na’zik gu’l bolıp,
    Bu’gin shıraylanıp do’nip turıpsan’,
    Ba’ha’r quyashında ju’zlerin’ ku’lip,
    Ba’ha’raydın’ shırayı bolıp turıpsan’.

      
    17-aprel, 2013 jıl. 2658 ret ko'rildi


  • Қуяшлы таңлар

    Ертеңги таңлардың атыўы бийкар,
    Бәрибир жеңеди оны нурсыз түн,
    Мениң кеўилиме соң берип азар,
    Алыстан қуяшым батады бүгин.

      
    26-oktyabr, 2015 jıl. 2081 ret ko'rildi


  • Қарақалпақта

    Үстинде бар нағышлы киймешеги,
    Маржан тақыя жарасықлы пөпеги,
    Келиншеклер кийер жегде жипекли,
    Көк көйлекли қызлар қарақалпақта.

      
    11-may, 2013 jıl. 2960 ret ko'rildi


  • Миллионлар ишинде жалғыз еди ол

    Поезияда өшпес жулдыз атанып,
    Шайырлықта жүдә сөзлери талып,
    Тилинде бәрҳәмә жырланып халық,
    Миллионлар ишинде жалғыз еди ол.

      
    20-noyabr, 2015 jıl. 2532 ret ko'rildi


  • Өзбекстаным

    Бәҳәр келсе қусқа толы көллериң,
    Сулыў сәнге бөленеди жерлериң,
    Татлы ийис таратады гүллериң,
    Гөззаллықта теңсиз Өзбекстаным!

      
    20-aprel, 2013 jıl. 3297 ret ko'rildi


 

 Ашық жүрек
   Поэзиялық қосық қатарлары
  • Оловлар ичра

    Бу кўзлар аёвсиз қийнашар мени,
    Кулиб ўйнасалар,куйиб юраман.
    Мажруҳ юрагимдан талашар нени,
    Оловлар ичинда суйиб юраман.

      
    27-noyabr, 2015 jıl. 2107 ret ko'rildi


  • Ilk sevganimga!

    Men u payt yeti yoshlarda edim,
    Birovni sevishga hali yosh edim,
    Lekin men sevardim sinfdoshimni,
    O’ziga aytishga tortinar edim.

      
    19-mart, 2013 jıl. 3281 ret ko'rildi


  • Қонликўллик Ф.га …

    Армон сўзи янграб ишқнинг ноласида,
    Хаёлларим қирғоғидан тошар бир ҳис.
    Гўзал юртда гўзалларнинг орасида,
    Юрагимни қонга белаб яшар бир қиз.

      
    27-noyabr, 2015 jıl. 2110 ret ko'rildi


  • Жоним

    Томчи дийдорига етса боғ бўлар,
    Шамс тиғларида кесилган ер ҳам.
    Шу сўзим тинглаган кўнглинг тоғ бўлар,
    Бир осмон остида яшаймиз,эркам.

      
    09-dekabr, 2015 jıl. 2017 ret ko'rildi


 




Allayar → Logikalıq soraw #64
Joqari oqiw ornilari
→ Logikalıq soraw #65
Ha'mmen'izdi qutliqlaymiz juwap: "Thank you yaki Raxmet"
→ Logikalıq soraw #65
Juwap jazdi: Bawirjan g'a
Duris san kyu degen soz joq. Birsq usi 2 sozdi qosip aytsan Thank you degen sozge uqsap ketkeni ushin raxmet retinde paydalanadi .
→ Logikalıq soraw #65
Yaponiyada sankyu degen soz joq. Bul thank you agilshin tilindegi soz. Yaponiyada balkim 39- statiyasi bar bolip. Sogan baylanisli jaqsi xam jaman manisti anlatui mumkin.
→ Нервти сақлаўдың усыллары
ku'ndelikli kerekli mag'liwmat biraq itibar qaratpaymiz
raxmet jumislarinin'izda tabislar
→ Logikalıq soraw #62
каскадер
→ Logikalıq soraw #62
Пластелин
→ Логикалық сораў #47
Tumsigin Qisip oltiredi.
→ Qaraqalpaqstan radiosı – xalıq xızmetind ...
Sala




Megaline.uz 2012-2018
E-mail: info@megaline.uz
Сайт материалларын рухсатсыз жәриялаў қадаған етиледи.